Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
21–25 SENTABR KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ishlar_muhokamasi

21–25 SENTABR KUNLARIDAGI MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida 21–25-sentabr kunlari amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish Sh. Isamutdinov rahbarligida, mutaxassis Z. Temirova ishtirokida tashkil etildi.

Unda hafta davomida amalga oshiriladigan ishlarni tizimli tashkil etish, deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘rganish hamda ularning ijrosini tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor Kengashning navbatdagi sessiyasini tashkiliy va huquqiy jihatdan puxta tayyorlashga qaratildi. Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni belgilangan tartibda shakllantirish, tegishli ma’lumot va hujjatlarni tayyorlash, masalalarni doimiy komissiyalarda dastlabki muhokamadan o‘tkazish hamda deputatlarni sessiya materiallari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hisobot va axborotlarni o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish, zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumotlarni shakllantirish hamda deputatlarning taklif va mulohazalarini inobatga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hafta davomida 19¹-modda bo‘yicha o‘rganishlarni tashkil etish, deputatlik nazoratini amalga oshirish, saylov okruglarida aniqlangan muammolarni tizimli o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida sessiyaga tayyorgarlik jarayonlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, hujjatlarni sifatli shakllantirish, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish va ijro intizomini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash