Tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, shuningdek, yosh avlodning iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Amudaryo tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish hamda sohaning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi.