35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, YECHIMI BO‘YICHA AMALIY CHORALAR KO‘RILMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA “QIZIL” VA “SARIQ” HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI, QO‘SHIMCHA MANBALARNING SARFLANISHI HAMDA BUDJET KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
SEVARA FAYZIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SEVARA FAYZIYEVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 45-“Qo‘yliqobod” saylov okrugi deputati Sevara Fayziyeva o‘zi saylangan hududdagi saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Yashnobod tumanidagi “Katta Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, “Katta Qo‘yliq” mahallasi raisi, ko‘chaboshilar, nuroniylar, faol fuqarolar hamda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🗣 Deputat Sevara Fayziyeva o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida saylovchilar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, hududlardagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

🔺 Hisobot davrida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, aholi manfaatlariga daxldor masalalar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib bordi.

🤝 Aholi bilan bevosita ishlash yo‘nalishida chorak davomida 16 marotaba sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur muloqotlarda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, jamoat xavfsizligi va boshqa dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📨 Hisobot davrida fuqarolardan jami 25 ta murojaat kelib tushib, ularning 19 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilmoqda.

💡 Shuningdek, deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda 13 marotaba joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan tizimli muammolar va hudud infratuzilmasiga oid masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga 2 ta deputatlik so‘rovi yuborildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

📚 Deputatlik faoliyatida aholi bilan muloqot bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishga ham alohida e’tibor qaratildi. Ikkinchi chorak davomida deputat 8 marotaba ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatib, 11 marotaba turli davra suhbatlari va seminarlarda faol ishtirok etdi.

📺 Faoliyatning ochiqligi va jamoatchilikka hisobdorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida ham muntazam yoritib borildi. Xususan, deputat 4 marotaba markaziy telekanallarda, 2 marotaba gazeta va jurnallarda chiqish qilib, hududlardagi dolzarb masalalar, aholi murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berdi.

📉 Uchrashuv davomida “Katta Qo‘yliq” mahallasidagi faol fuqarolar va nuroniylar tomonidan uzoq vaqtdan buyon o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar ham ko‘tarildi. Fuqarolar mazkur muammolarni shahar darajasida ko‘rib chiqish, mas’ul idoralar e’tiborini qaratish hamda ularning yechimini jadallashtirish yuzasidan deputatga taklif va murojaatlarini bildirdi.

📋 Bildirilgan har bir taklif va murojaat deputatning ish jurnaliga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda atroflicha o‘rganish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosi yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini olib borish belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10