35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI: NOVDAKDA YANGI SPORT MAYDONI BARPO ETILADI!
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN KO‘P QAVATLI UYLAR VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
OBODONLASHTIRISH ISHLARI KENGASH VA HOKIMIYAT HAMKORLIGIDA O‘RGANILDI.
янв.21
YER MASALASIDAGI MUROJAATLAR O‘RGANILIB, FUQAROLARGA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.
янв.21
“DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

Deputat nazorati – xalq manfaatlari yo‘lida: O‘rikzor mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan "14–O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abdurahimovich tomonidan saylov okrugi hududidagi O‘rikzor mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📊 O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlarga 24 talik tavsiyalar ijrosi doirasida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan manzilli ishlash, ma'naviy-ma'rifiy muhitni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📝 Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijadorligini oshirish, xotin-qizlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🗣 Ta'kidlanganidek, mahalla – davlat va jamiyat o‘rtasidagi eng muhim bo‘g‘in bo‘lib, unda olib borilayotgan har bir tizimli ish inson manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Shu bois deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda islohotlar ijrosini ta'minlash, xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va ijtimoiy mavqeini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🕯 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ham ishtirok etdi. Deputatlar bundan buyon ham xalq ishonchini oqlash, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va hududlarni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat olib borishda davom etadilar.

Slide 1 of 5