35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YER MASALASIDAGI MUROJAATLAR O‘RGANILIB, FUQAROLARGA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.
янв.21
“DAVLAT YER KADASTRI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQD.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI O‘RGANILDI.
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalari deputatning nafaqat xizmat faoliyati davomida, balki xizmatdan tashqari vaqtda ham yuksak odob-axloq me'yorlariga rioya etishini belgilaydi.

32-bandga ko‘ra, deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan, o‘zining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga, shuningdek Kengash nufuziga putur yetkazadigan hamda deputatlik vakolatlarini suiiste'mol qilish deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozim.

Jumladan, deputat:

Jamoat joylarida, shu jumladan kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi;

Atrofdagilarning e'tiborini tortuvchi ortiqcha yoki salbiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

Dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlardan yiroq bo‘lishi;

Jamoat tartibi va xavfsizligiga zid harakatlarni sodir etmasligi hamda boshqalarni noqonuniy xatti-harakatlarga undamasligi shart.

Shuningdek, deputat shaxsiy munosabatlarda kamtar, halol, xushmuomala bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblar bilan muloqotda hurmat tamoyillariga amal qilishi hamda hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi lozim.

33-bandga muvofiq, kundalik turmushda odob normalariga rioya etish deputat odob-axloq qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Deputat kiyinish madaniyatida sipolik va kamtarlikni namoyon etishi, ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘ta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va e'tiborni tortuvchi aksessuarlardan foydalanmasligi tavsiya etiladi.