Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 16-IYULDAGI 28-SONIDA XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING 27-SESSIYASI YORITILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI HISOBOTI KO‘RIB CHIQILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: MAHALLA RAISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIKDA O‘ZLARI SAYLANGAN HUDUDDA JAMOATCHILIK NAZORATINI O‘TKAZDI. MAKTAB INFRATUZILMASI OʻRGANILDI.
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI ISHONCHLI MUHOFAZA QILISH.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA PARKENT TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI BO‘LIMI BOSHLIG‘I HISOBOT BERDI.
"Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyevaning navbatdagi sayyor uchrashuvi Yashnobod tumanidagi "Uysozlar" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov, mahalla faollari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. O‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini hududlarda tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📝 Uchrashuv davomida deputat faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati, kommunal xizmatlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi, ekologik muammolar, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash, mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔺 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Ushbu daftarga kiritilgan masalalar bosqichma-bosqich o‘rganilib, tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar olib borilishi belgilandi.

📁 Xususan, fuqarolarning Ohangrabo ko‘chasi 5-uy, 45-xonadonda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan uch nafar fuqaroni ijtimoiy himoyaga olish, qish mavsumida yuzaga kelayotgan isitish tizimi muammolarini bartaraf etish masalalari yuzasidan Toshkent shahar Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi rahbarining hisobotini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida eshitish tashabbusi ilgari surildi.

🌳 Shuningdek, Ohangrabo ko‘chasidagi bir qator ko‘p qavatli uylar atrofida uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan daraxtlarni butalash ishlari bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazoratiga olinib, mazkur masalani Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbari ishtirokida sessiya kun tartibiga kiritish hamda tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🤝 Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida tizimli o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10