O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarorga muvofiq tumanimizda bir qator ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha dastur doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bog‘ishamol MFYdagi 90-sonli maktabda mavjud 120 o‘rinli bino o‘rniga 140 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosini qurish ishlari holati Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan reja va muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha talablarining bajarilishi tahlil qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi nazoratga olindi.