Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova tashabbusi bilan Gumbaz mahallasi "yettiligi" bilan notinch oilalardan biri holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oilaviy kelishmovchiliklarning sabablari tahlil qilinib, tomonlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Natijada mavjud muammolar bartaraf etilib, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunish va yarashuvga erishildi.
Mazkur ishlar oilalarda barqaror muhitni ta’minlash, nizolarni erta bosqichda hal etish hamda ijtimoiy osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qiladi.