Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI VA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN EKOLOGIYA SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARI VA YANGI ISH O‘RINLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVDA DEPUTAT TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR TA’MINLANDI
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYYOR QABULIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR TA’MINLANDI
DEPUTATLAR TOMONIDAN EKOLOGIYA SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida Parkent tumanida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, komissiya a`zosi deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li Parkent tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari bo‘limida bo‘lishdi.Uchrashuv davomida deputatlar Kengash ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi faoliyatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rgandilar.O‘rganish davomida deputatlar tomonidan ekologiya bo‘limining joriy yil davomida amalga oshirayotgan faoliyati, hududlarda ekologik holatni yaxshilash, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.Shuningdek, mutasaddilar tomonidan 2026-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar, ekilgan ko‘chatlar soni, ularning saqlanishi va parvarishlanishi, hududlarni obodonlashtirish borasida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil axborot berildi. Muloqot jarayonida deputatlar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mavjud muammolar,ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shu bilan birga,ekologik nazorat samaradorligini oshirish va hududlarda tozalik hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.O‘rganish yakunida ekologiya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘ining hisoboti Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi huzuridagi tegishli doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida eshitilishi, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur o‘rganishlar Kengashning nazorat funksiyasini
samarali amalga oshirish hamda hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4