Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI VA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN ADLIYA BO‘LIMI RAHBARINING AXBOROTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
SESSIYA OLDI UCHRASHUVIDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI YUZASIDAN CHORALAR BELGILANDI.
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI VA PARTIYALAR HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN «BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
🚌 Jamoat transporti masalalari aholi bilan ochiq muloqotda muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov, tuman hokimining o‘rinbosari A. Turabov hamda Toshkent viloyati Transport boshqarmasi mas’ul xodimlari “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida hududda jamoat transportining muntazam harakatlanishini ta’minlash, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🚍 Qulay va uzluksiz transport xizmati — aholi farovonligi va hudud rivojining muhim omillaridan biridir. Bu boradagi ishlar fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4