Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDI UCHRASHUVIDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI YUZASIDAN CHORALAR BELGILANDI.
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI VA PARTIYALAR HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN «BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
Shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari

 Har tong ishga, o‘qishga yoki kundalik yumushlarimiz sari shoshilar ekanmiz, ozoda ko‘chalar, suv sepilib fayz kirgan yo‘laklar va atrofga taralgan gul iforidan bahramand bo‘lamiz.

Ammo bu ozodalik va go‘zallik ortida shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari — obodonlashtirish xodimlarining mashaqqatli mehnati mujassam. Ular tong yorishmasidan ish boshlaydi, issiq-sovuq, yomg‘ir-qor demay shahrimiz obodligi va ozodaligi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladi.

Ularning sa’y-harakatlari tufayli ko‘chalarimiz ozoda, yashil hududlarimiz ko‘rkam, mahallalarimiz esa yanada fayzli va jozibador qiyofa kasb etmoqda.

Obodonlashtirish xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va shahar tozaligini saqlashga o‘z hissamizni qo‘shish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Toza va obod shahar — unda yashayotgan har bir insonning madaniyati, mas’uliyati va Vatanga bo‘lgan mehrining ifodasidir.