Unda Kengash kotibiyati xodimlari, tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sh.Sharipov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili N.Tursunov ishtirok etishdi.
🗂 Muhokama davomida:
▪️ navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarning qonuniyligi;
▪️ hududlarda deputatlar ishtirokida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlarning huquqiy jihatlari;
▪️ kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari;
▪️ mahallalarda aholi bilan uchrashuvlarni tizimli tashkil etish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
🤝 Tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechimlar topishda birgalikda samarali ishlashga kelishib oldilar.