Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod MFY saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan piyodalar ko‘prigi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ko‘prikdan ko‘p qavatli uylarda hamda yangi qurilgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi, shuningdek o‘quvchilar tomonidan maktab, bog‘cha va turli muassasalarga qatnovda keng foydalanilayotgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalla aholisining qariyb 40 foizi ushbu ko‘prik orqali piyoda harakatlanadi, bu esa uning hudud infratuzilmasidagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Mazkur holatni inobatga olib, ko‘prikdan xavfsiz va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarish belgilandi.
Masala deputat nazoratiga olindi.