Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O`RGANILMOQDA.
янв.21
PARKLAR, HIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI VA YORITILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat X.Bozorov mahallada tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashiga 6-Obizarang saylov okrugidan saylangan deputat X.Bozorov mahallada tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi

Joriy yilning 2-mart kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Bozorov "Yangi kuch" mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputat mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, mahalladagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar — kredit olish, soliq yengilliklari, yer ajratish, infratuzilma va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv yakunida deputat tadbirkorlar bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilishini, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tib, hudud iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslarga turtki bo‘ldi.