O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Bo‘rsiliq” MFYga tashrif buyurib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Jumladan aholi bandligini ta’minlash, ko‘chalardagi yoritish tizimini yaxshilash, ko‘makka muhtoj kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muloqot jarayonida deputat mahalla xotin-qizlar faolining o‘z yo‘nalishidagi ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Uchrashuv yakunida mahalladagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda davlat dasturlarining manzilli ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.