O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tumanimizdagi “Oybek” MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa mahallani qizil toifadan chiqarish, hududda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo’yicha amalga oshirilaaayotgan ishlar bilan tanishdi va hududdagi 7-umumiy orta ta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari bilan “Firibgarlikdan ogoh bo’ling“ mavzusida suhbat o’tkazildi.O’quvchi yoshlarga har bir daqiqalaridan samarali foydalanishlariga tavsiyalar berildi.