Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa va tuman Adliya bo’limi rahbari Umidjon Azizov va 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligida targibot tadbiri o’tkazildi. Targ’ibotda Adliya bo’limi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy yordamlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdagi holat, shuningdek, deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasidagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi. ‘Madad’ markazi bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarni birgalikda hal etish masalalari muhokama qilindi.