Yangiliklar

#Murojaat

Xonqa tuman Kengashi deputati A.Odamboyeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman tashkiloti raisi tomonidan “Fidoyilar” mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning bir qator murojaatlari va ekologik muammolari tinglandi. Shuningdek, mahalladagi chiqindi tashlash joylari holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida chiqindi tashlash shoxobchalarining holati qoniqarsiz ekani, hududda maxsus chiqindi konteynerlarining mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat A.Odamboyeva tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputati A.Odambayeva

Slide 1 of 4