Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi deputatlar nazoratida

           Joriy yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sho‘rchi tumani Kengashi raisi D.Bekmurodov tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mengniyozov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi rahbari M.Yuldosheva birgalikda tuman “Yoshg‘ayrat” mahallasi hududida joylashgan “Sharof bog‘” fermer xo‘jaligida parvarishlanayotgan mevali daraxtlar o‘rganildi. 

           Ushbu bog‘ fermer xo‘jaligi balansida 7,8 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, 2500 tupdan ortiq, turli xil mevali (olma,olcha,gilos,behi,o‘rik kabi) daraxtlar ekilgan. Fermer tomonidan barcha agrotexnik ishlar o‘z vaqtida amalga oshirib kelinmoqda.  

Slide 1 of 1