Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaga ham tumanimizning “Samarobod” va “Navro`z” MFY fuqarolaridan hududda toza ichimlik suvi masalasida murojaat etishdi.Tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Berdiqulova va deputat S.Karimshikovlar muammoni tezda o‘rganib chiqib, xalq vakillarining tashabbusi bilan mutasaddi tashkilotga murojaat etildi va “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tuman filiali hodimlari bilan birgalikda nosoz suv nasosi yangisiga almashtirilib, aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammo xalq vakillari yordamida ijobiy hal etildi. 

Slide 1 of 4