Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashining tegishli qaroriga
asosan, mahalliy Kengashlar deputatlari o‘z saylov okruglarida
faoliyatlarining o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan o'z saylovchilari
bilan uchrashib, hisobot bermoqdalar.
Viloyat va tuman Kengashi deputati X.Raximov “Guliston” mahallasida
uchrashuv o'tkazdi.
Deputat saylovchilarga
hukumat tomonidan qabul qilingan qator qonun, qarorlar va tartiblar to'g'risida
tushunchalar berish bilan birga "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda
hududdagi aniqlangan muammolar va fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilganligi
va ayrim masalalar yechimida muddat talab etilishi ko'zda tutulganligi bo'yicha
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha
javob berilib, bildirilgan takliflar yuzasidan galdagi vazifalar belgilab
olindi.