Xabibulla Bozorovning navbatdagi sayyor qabuli “Istiqlol" MFYda bo‘lib o‘tdi
Bugun, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Xabibulla Bozorov, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda “Istiqlol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Uzun tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, turli masalalar bo‘yicha murojaatlari bilan ishtirok etdi.
Qabulda tuman hokimi fuqarolarning sim yog‘ochlarni almashtirish, toza ichimlik suvi tortish, gaz balon, kadastr va boshqa masalalarga oid 25 ta murojaatlarini tinglab, ularga o‘z munosabatini bildirdi.
Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o’zida ijobiy hal etildilgan bo’lsa, ijrosi ma’lum muddat talab qilinadigan qolgan murojaatlar hal etish bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi.