Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
Yoshlar siyosati,xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi

Tuman Kengashi Yoshlar siyosati,xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining "G‘ijduvon tumanida “Yoshlar balansi” asosida yoshlar bilan individual ishlash maqsadida ijtimoiy ko‘makka muhtoj va alohida e’tibor talab etadigan yoshlarning ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yoshlar siyosati,xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi U.Ergashev,Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Obidova,tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari N.Rajabov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Aslonov va boshqalar ishtirok etishdi.

Tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari N.Rajabov doimiy komissiya oldida axborot berarkan bugungi kunda tumanda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan qanday ishlar olib borilmoqda va qanday imtiyozlar joriy qilinayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Xususan Bugungi kunda, tumanda 66724 nafardan ortiq 14-30 yoshdagi yoshlar mavjud bo‘lib, ularning 35 965 nafarni yaxshi o‘qiyotgan,
tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi.
30 759 nafar yoshlar esa, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin mehnatga layoqatli iqtisodiy faol yoshlardan iborat. Shundan, 1 897 nafar yoshlar “ahvoli og‘ir”, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtojlar yoshlar jumlasidandir.

2023 yil 11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish haqida gapirib, ular bilan ishlash borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdilar.

Mazkur uslubiy qo‘llanma ushbu tashabbuslarni kengroq tushuntirib berishga qaratilgan bo‘lib, yoshlar bilan ishlash, jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yangicha yondashuvlar bilan tanishish imkonini berdi.

Uslubiy qo‘llanma yoshlar bilan ishlayotgan barcha toifadagi rahbar xodimlar,mutaxassislar, mahallalardagi Yoshlar yetakchilari, mahalla raisi, hokim yordamchisi,xotin-qizlar faoli va boshqa mutassadi tashkilotlarning xodimlari uchun mo‘ljallangan.

Tumanda yoshlar bilan ishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan o‘yidagi ustuvor yo‘nalishlar. Jumladan:

- yoshlar bandligini ta’minlash;

- ularga sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga ‘qitish va bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish;

- ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- yoshlarda sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning radikallashuviga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lmoqda.

Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Komissiyasining 2023 yil 24 martdagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga asosan quyidagi topshiriqlar berildi.

Jumladan:

- “Yoshlar daftari” jamg‘armalarini moliyalashtirish jarayonini to‘liq raqamlashtirish va “Yoshlar daftari” platformasi bilan integratsiya qilish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan idoralararo hamkorlik tizimini takomillashtirish, yoshlar muammolarini hal etishda
sektor rahbarlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar aniq belgilab berildi;

- “Yoshlar balansi”dagi yigit qizlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, ular bilan individual ishlash, mas’ul idora va tashkilotlarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi;

- har bir mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan shakllantirilgan “Yoshlar balansi” asosida ularni bandlik va ijtimoiy holati bo‘yicha alohida toifalarga ajratildi.

- tumanda ijtimoiy ko‘makka muhtoj va alohida e’tibor talab etadigan 1 897 nafar yoshlarning manzilli ro‘yxatlari shakllantirildi.

Slide 1 of 1