Bugun deputatlarimiz bayroq ko‘tarish tadbirida ishtirok etib, yurtimiz timsoli bo‘lgan muqaddas bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va e’tiqorni yana bir bor namoyon qildilar. Tadbir davomida davlat ramzlarining ahamiyati, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida fikrlar bildirildi.
Deputatlarimiz ushbu jarayonda fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning taklif va fikrlarini tingladilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi.
Muqaddas bayrog‘imiz hilpirab turgan ekan — Vatanimizning ruhi baland, kelajagimiz porloq bo‘ladi!