Kecha boshlangan xayrli tashabbus bugun yanada keng
quloch yoydi. Shahrisabz tumanidagi “Qumqishloq” MFY hududida
hashar ishlari ikkinchi kunda ham yuqori sur’atda davom etmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Farida
Yallaqodirova tuman hokimining tavsiyalari asosida nafaqat
tashkilotchi, balki faol ishtirokchi sifatida piyodalar yo‘lagini barpo etishda
jonbozlik ko‘rsatmoqda. Kechagi sa'y-harakatlar natijasida yo'lning asosi
tayyorlangan bo'lsa, bugun aholi uchun qulay va ravon yo'lak shakllanmoqda.