Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
Mahallalarda xavfsiz muhit — barqaror taraqqiyotimiz asosidir

Munosabat

Mahallalarda xavfsiz muhit — barqaror taraqqiyotimiz asosidir

Kechagina matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan mutlaqo yangi va samarali tizimni joriy etishi bilan alohida e’tiborga molikdir.

Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu qaror mahallalarimizda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, davlat idoralari hamda mahalla instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, qaror asosida har bir mahalladagi muammolarni manzilli o‘rganish va ularga aniq yechimlar ishlab chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qarorda sohaga mas’ul idoralar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, mahallalardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi bilan yaqin va samarali hamkorlikda ishlash muhim vazifa etib belgilangan. Shu bilan birga, har bir mahalla kesimida holatni chuqur tahlil qilish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vazifalari ham aniq belgilangan. Xususan, biz — mahalliy Kengash deputatlari, avvalo, ushbu qarorning mazmun-mohiyatini har bir mahalla aholisiga yetkazish va tushuntirishimiz zarur. Shuningdek, mahallalardagi vaziyatni doimiy o‘rganib borish, aholi murojaatlarini eshitish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda qaror ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishimiz lozim.

Navoiy shahrida ham mazkur qaror ijrosi doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqot asosida ishlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shahar Kengashi deputati sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qaror mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashga, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek:

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab odamlar islohotlarimizga baho beradi.”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich

Slide 1 of 1