Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga kiritilgan Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Vobkent tumani Kengashi partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan tumanda sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish hamda narx-navoni sunʼiy oshib ketishini oldini olish ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida hamda Vobkent tumani mahalliy byudjetining III chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarga mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tumandagi masʼul davlat boshqaruv organlari rahbarlari bilan birgalikda tuman hududida 63 ta oziq-ovqat, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari mavjud boʻlib, ushbu korxonalar tadbirkorlik subyekti boʻlganligi sababli nazoratlarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga asosan tekshirish turlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan “Xabardor” etish tartibi asosida amalga oshirilmoqda.

Tumanda jami 3 ta savdo bozori mavjud boʻlib, shundan Vobkent tumani “Markaziy bozori” MCHJ, “Savdo kompleks Mirobod” MCHJ, “Kumushkent yulduzi savdo servis” MCHJ faoliyat yuritib, ushbu bozorlarda har oyning birinchi Dushanba kuni “Sanitariya kuni” oʻtkazilishi belgilangan.

Vobkent “Markaziy bozori” hududida narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida yil davomida aholining talab va takliflaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda 29 turdagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi yarmarkalari tashkil etilgan boʻlib, ushbu mahsulotlarining sifat jihatdan yaroqliligi ustidan doimiy ravishda tizimli nazorat oʻrnatilgan.

Tumanda mavjud 39 ta mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi xonadonlarida jami barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoramollar bosh soni 121,3 ming boshga yetib, shundan sigirlar bosh soni 40,4 ming boshga, shuningdek, qoʻy va echkilar bosh soni 134,8 ming boshga hamda parrandalar bosh soni 440,5 ming bosh 16,1 bosh it va mushuklar hamda 610 bosh boshqa turdagi xayvonlar mavjud boʻlib, ushbu chorva mollariga tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimining masʼul mutaxassislari tomonidan reja-jadval asosida ularga sifatli veterinariya xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Tumanda 38 marotaba tegishli soha mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan botulizim, ovqatdan zaxarlanish yuzasidan radio eshittirishlar olib borilgan hamda “Markaziy dexqon” bozorida doimiy ravishda bu borada monitoring tadbirlari olib borilgan.

Shuningdek, yigʻilishda Vobkent tumani mahalliy byudjetining III chorak qoʻshimcha manbalar hisobidan tadbirlarga mablagʻlar yoʻnaltirilishi belgilandi.

Muhokama jarayonida mavjud muammolar va qilinishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Yigʻilishda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 7