Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
янв.21
Sho‘rqishloqda deputat uchrashuvi
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning Vobkent tumanida 2025yil III chorak davomida bajarilishi holati haqida hamda Oʻzbeksiton Ekologik partiyasi Vobkent tumani Kengashi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejamkorligiga erish borasida qilinayotgan ishlarni oʻrganish boʻyicha jamoatchilik monitoringi yakunlari toʻgʻrisidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 Tumanda barcha toifadagi xoʻjaliklarda joriy yilning 1 oktyabr holatiga qoramollar bosh soni jami 121,5 ming boshga yetib, shundan sigirlar bosh soni 40,8 ming boshga, shuningdek, qoʻy va echkilar bosh soni 134,9 ming boshga hamda parrandalar bosh soni 440,7 ming boshga oʻsishga erishildi. Bugungi kunda, tumanda chorvachilikning barcha sohasi boʻyicha jami 40 ta qoramolchilik, shundan 14 ta naslchilik fermer xoʻjaliklari va oilaviy korxona (“Oqrabod”, “Saʼdullo”, “Orziobod”, “Nuriddin-Murod”, “Tursunbozor Zamini”, “Holmurod Alisher”, “Zokirbek chorva 2018”, “Neʼmatov Amirbek Rustamovich”, “Najim Toshobod” “Zaxro Yulduzi” “Ixtiyor oʻgʻli Iftixor”, “Joʻra-Toʻra” fermer xoʻjaliklari va “Razzoqova Zarnigor Abdurasulovna” oilaviy korxona hamda “Eksvator traktor servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati baliqchilik xoʻjaligi)larida ozuqa yem-xashak ekinlari ekish uchun tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining bergan maʼlumotiga asosan ushbu xoʻjaliklarda har bir shartli mol bosh soni uchun 0,3 gektar ekin yer maydonlari ajratib berilgan.

Tumanda 12 ta veterinariya shaxobchalarida veterinariya mutaxassislari faoliyat olib bormoqda. Ushbu veterinariya uchastkalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami 294,9 mln.soʻmlik veterinariya xizmati koʻrsatilib, veterinariya xizmati koʻrsatish bilan bir qatorda sunʼiy qochirish ishlari ham olib borilgan. Mazkur veterinariya uchastkalari tomonidan 16297 bosh sigir va qochirish yoshdagi tanalar sunʼiy urugʻlantirildi. Tuman hududida sunʼiy qochirish ishlarini yaxshilash maqsadida 5 ta koʻchma konteynerlarda sunʼiy urugʻlantirish hamda
veterinariya servis xizmati koʻrsatish punktlari tashkil etilgan. 

 Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida 62,4 km xoʻjaliklararo kanallar hamda 131 km ichki sugʻorish tarmoqlari mexanizm va qoʻl kuchi yordamida tozalangan. Shuningdek, “Komi Kasaba”, “Kamzar”, “Komi aka”, “Elach” gidrouchastkalaridagi jami 35 dona gidrotexnik inshoot hamda 9 dona suv oʻlchash gidropostlari joriy taʼmirlangan. 

Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada jadallashtirish maqsadida joriy yilning III chorak davomida fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarning dala chetlariga 149,8 ming.dona koʻchat oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 150 ming.dona yoki 100,2 foizga, bogʻzorlar va tokzorlar barpo qilish uchun 85,4 ming.dona koʻchat oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 88,8 ming.dona yoki 104,0 foizga, daryolar, kanallar, ariqlar va zovurlar boʻylariga 8,3 ming.dona koʻchat oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 8,5 ming.dona yoki 102,6 foizga, yangi tutzorlar tashkil etish uchun 276 ming.dona tut koʻchatlarini oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 287,7 ming.dona yoki 104,2 foizga
mevali hamda manzarali koʻchatlar oʻtkazilib, ushbu koʻchatlarni parvarishlash choralari koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan 2025-yilda tumandagi sugʻoriladigan ekin maydonlarida jami 2781 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. Shundan, 253 gektar gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish, 580 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish, 39 gektar bogʻ maydonlarida tomchilatib sugʻorish 209 gektar maydonda diskret sugʻorish, 70 gektar paxta maydonlarida plyonka toʻshab sugʻorish, 980 gektar paxta maydonlarini egiluvchan quvur yordamida sugʻorish, 650 gektar ekin yerlarida lazerli tekislash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.