Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
янв.21
Sho‘rqishloqda deputat uchrashuvi
SUN’IY INTЕLLЕKT TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHINI BOSHLAB BЕRMOQDA

Munosabat

SUN’IY INTЕLLЕKT TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHINI BOSHLAB BЕRMOQDA

SUN’IY INTЕLLЕKT

SUN’IY INTЕLLЕKT

21-oktabr kuni davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishni katta qiziqish bilan kuzatdim.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek haqiqatdan ham bugun sun’iy intellekt texnologiyalari kirib bormagan birorta soha qolmayapti. Dunyo iqtisodiyotida su’iy intellekt hajmi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekistonda ham bu bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi hamda qisqa vaqt ichida davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda ko‘plab pilot loyihalar ishga tushdi.

Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan o‘tgan yili yurtimizda tasdiqlangan Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi, Raqamlashtirish vazirligida bu soha bilan ishlaydigan alohida markazning tashkil etilgani o‘z samarasini berib, bir yil ichida mamlakatimizning sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqorilagani, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagani barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

 Davlatimiz rahbari yig‘ig‘ilishda endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarini raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtni o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishini, shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritilishini, vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Albatta, kuzatilayotgan bu yangiliklar sohadagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Prezidentimiz yig‘ilishda dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala — infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadr tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligiga urg‘u qaratdi.

Zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligini takidlab, bu yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratilishini, keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishini bildirdi.

Sun’iy intellekt infratuzilmasiga sarmoya kiritadigan investorlarga imtiyozlar berilishi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etilishi ko‘rsatib o‘tildi. Olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan “sputnik internet” operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, ularning besh yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi belgilandi.

Yig‘ilishda shuningdek, Sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarurligi, buning uchun o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarni raqamlashtirish, sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish zarurligi alohida qayd etib o‘tildi.

Prezidentimiz sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlashni eng avvalo maktablardan boshlash kerakligini, shu munosabat bilan keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritilishi zarurligini bildirdi.

Yoshlarning sun’iy intellektdan foydalanishga doir g‘oyalarini aniqlash va loyihalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasining kengaytirilishi va bu bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlarining munosib rag‘batlantirilishi sohaga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bitta haqiqatni baralla aytdi. “Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga — sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi”.

Prezidentimiz tomonidan yig‘ilishda sohaga oid belgilab berilgan vazifalarni vaqtida, astoydil bajara olsak, albatta, natijamiz yomon bo‘lmaydi, O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida ham xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘ladi.

Akbar AXTAMOV,

 “Milliy tiklanish” demokratik

partiyasi viloyat kengashi raisi


 

Slide 1 of 1