Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

Bu yerda mutaxassislar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, fintex, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3 ming 200 ta kompaniyaga yetdi. O‘tgan yili ular tomonidan 1 milliard 600 million dollarlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan ortishi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor 1 milliard dollarlik marradan oshishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ziyod yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yo‘nalishining o‘zida O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

 – Ishonchim komilki, bugun tamal toshi qo‘yilayotgan ushbu yirik majmua oldimizga qo‘ygan ulkan marralarni zabt etishda, shuningdek, investorlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Loyihaga ko‘ra, IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur majmua eng zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapsula qo‘yib, “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga rasman start berdi. 

Slide 1 of 2