Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
Munosabat

 — Prezidentimiz nutqini o‘zaro bog‘liq uch yo‘nalishga bo‘lish mumkin bo‘lgan keng qamrovli tashqi siyosiy bayonot yoki chaqiriq bo‘ldi, deyish mumkin: ichki yangilanish, mintaqaviy integratsiya va global mas’uliyat. 

Nima uchun ichki yangilanish?
Prezident o‘z nutqida O‘zbekistonni barcha sohalarda “qaytmas islohotlar”ni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani va “Yangi O‘zbekiston”ga aylanganini aniq ko‘rsatib berdi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, 2017 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga 939,5 dan 2024 yilga kelib 3 092,7 AQSh dollarigacha ko‘tarildi. Eksport esa ilk bor 27 milliard dollarga chiqdi. 

Ta’kidlanganidek, ushbu yutuqlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar, innovatsion va texnologik korxonalarni rivojlantirish, yashil energiya va transport infratuzilmasiga sarmoya kiritish, shuningdek, kichik biznesni faol qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan ko‘p vektorli strategiyaning natijasidir. 

“Yangi O‘zbekiston” yutuqlarining asosi insonga yo‘naltirilgan rivojlanishga e’tibor qaratilayotganidadir. Buni Prezident nutqidagi quyidagi so‘zlarda ham ko‘rishimiz mumkin: “Ustuvor maqsadimiz – mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishdir”. 

Nutqning yana bir eng kuchli nuqtasi “yopiq chegaralar, hal etilmagan nizo va mojarolar davri o‘tmishda qolgani” haqidagi bayonot bo‘ldi. 

Tarixdagi yakkalanish, raqobatga asoslangan siyosatdan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va amaliy hamkorlik siyosatiga o‘tish Mirziyoev ma’muriyatining ilk kunlaridanoq boshlangan va u bugungi kunda o‘z natijasini bermoqda. Prezident nutqida Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimida yanada jipslashgan va muhimi “mustaqil o‘yinchi”ga aylanayotgan mintaqa – “Yangi Markaziy Osiyo” shakllanishining boshlang‘ich bosqichida ekani ta’kidlandi. 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari”ni ushbu yangi integratsiya davrining asosiy institutsional mexanizmi sifatida ko‘rish mumkin. Misol uchun, 2024 yil 9 avgust kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari “Markaziy Osiyo – 2040” konsepsiyasini imzolashi mintaqa siyosiy hayotidagi asosiy lahza bo‘ldi. Ushbu uchrashuvlarning institutsionallashuvi va «Markaziy Osiyo – 2040» kabi uzoq muddatli hujjatlarning imzolanishi bir martalik hamkorlikdan tizimli va rasmiylashtirilgan integratsiya jarayoniga o‘tishdan dalolat
beradi. Bu ichki va tashqi hamkorlar uchun o‘tkinchi tendensiya emas, balki uzoq muddatli va jiddiy tashabbus ekanligi haqida muhim signaldir. 

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan qator global tashabbuslar shunchaki takliflar emas, balki kelajakka qaratilgan aniq dastur va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka ochiqligi namunasi bo‘ldi. Bu tashabbuslar ortida mamlakatimizning nafaqat mintaqaviy tinchlik, balki global muammolarga ham befarq emasligi yotadi. 

Xulosa shuki, O‘zbekiston endilikda nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki global muammolarni hal etishga hissa qo‘sha oladigan, o‘z ovozi va yechimiga ega bo‘lgan mas’uliyatli davlat sifatida maydonga chiqmoqda.