Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
BMT minbarida Prezident nutqi

BMT minbarida Prezident nutqi: “O‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuksak minbardan turib xalqaro hamjamiyatga butun dunyo va xalqimiz manfaatlari, milliy qadriyatlar va umuminsoniy tamoyillarni mujassam etgan, katta siyosiy ahamiyatga ega nutq so‘zladilar.

Davlatimiz rahbarining xalqaro minbarda aytib o‘tgan har bir fikrida mamlakimizning ochiq va tinchliksevar tashqi siyosati, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda aniq maqsadlarni ko‘zlab, dadil va jadal olib borilayotgan islohotlar mazmuni to‘liq ochib berildi.

“Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi”- bu ko‘rsatgichlar shunchaki raqamlar emas, balkim, bugun farzandlari sifatli maktabgacha ta’lim bilan to‘liq ta’minlangan ota-onalar, oliy ta’limda o‘qishdek katta maqsadlariga erishayotgan ko‘plab o‘g‘il-qizlarimizning qalbidagi umidlari, istaklarining amaliy ifodasi, ro‘yobidir. Ayniqsa, oliy ta’limga qamrovda xotin-qizlarga berilayotgan alohida imtiyozlar – bu davlatimiz rahbarining kelajak avlod istiqbolini ko‘zlab olib borayotgan oqilona siyosati namunasidir. Ilmli, ma’rifatli ayollar har bir davrning, har bir jamiyatning faol, jonkuyar, sadoqatli a’zosi, oilaning ma’naviy ozuqa manbayi, go‘zal xulqli farzandlar tarbiyachisi bo‘lib kelayotganiga tarixdan ko‘plab misollar keltirsak bo‘ladi.

Yaqindagina Prezidentimiz o‘qituvchi va murabbiylar bilan o‘tkazgan muloqotida esa o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish bo‘yicha juda ahamiyatli takliflarni ilgari surdilar. 

Prezidentimiz tomonidan pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish bo‘yicha ilgari surilgan taklifi ayniqsa juda dolzarb va ilg‘or tashabbus bo‘ldi.

Rivojlangan davlatlardan qatnashadigan pedagoglar, ekspertlar o‘zlarining ilg‘or tajriba va yondoshuvlarini baham ko‘rishi – bu Yurtimiz pedagoglari uchun yangi bilimlar, innovatsion metodikalarni o‘rganish, tajriba almashish imkonini beradi. O‘zbekiston ta’lim tizimi xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashadi, bu esa ta’lim sifatining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda Prezidentimizning BMT minbaridagi nutqi zamirida dunyo tinchligi, qo‘shnichilik aloqalari, har tomonlama barqaror rivojlanish strategiyalari, xalqimiz manfaati, farzanlarimizning yorqin kelajagi kabi yuksak maqsadlar mujassamdir. Biz faollar Prezidentimizning xalqaro hamjamiyat oldida koʻtargan tashabbuslarini amaliy hayotga tadbiq etishda faol ishtirok etishga tayyormiz.