🔹Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra PO’LATOVA tashabbusi bilan shahardagi 7-umumta’lim maktabida “Temur siymosi -jasorat va adolat timsoli” mavzuida ma’naviy-madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Viloyat Kengashi rais o’rinbosari A.Karimov, Olmaliq shahar Kengashi deputatlari S.Qodirova va A.Djurayev ishtirok etdilar.
🔹Tadbirda so’z olganlar Amir Temurning hayot yo’lida jasorat, aql-zakovat va adolatni o’zida namoyon qilishi, uning davlatni adolatli boshqaruvi davrida san’at, fan va madaniyat rivojlanganligi haqida ma’ruza qildilar. Tadbirda o’quvchilar tomonidan badiiy va ijodiy chiqishlar namoyish etildi.