Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi tomonidan obodonlashtirish holatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi Isroil Jabborov hududlardagi obodonlashtirish holatini o‘rganish davomida Toshhovuz mahallasida bo‘ldi. Avtomobillar harakatini tartibga keltirish, buning uchun ko‘chaning kengligini yaxshilash bo‘yicha soha rahbarlari ishtirokida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar joyida o‘rganildi. 

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek mahallasida umumiy ovqatlanish maskanlari oldida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtomobillar to‘xtash joyi va piyodalar yo‘lagini qurish yuzasidan taklif loyihalari o‘rganildi. 

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha mas'ul rahbarlarga amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqish va loyihalarini ishlash kabi masalalar ko‘rildi.

Slide 1 of 1