Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
Manzilli va samarali yondashuv

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, agrar tarmoqda qo‘shimcha qiymat yaratish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Yurtimizda so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1 ming 500 ta oziq-ovqat loyihasi ishga tushirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Darhaqiqat, oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, iyul oyida O‘zbekiston BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAO Kengashi a’zoligiga saylanganligi katta muhim ahamiyatga ega hodisadir. Zero bu — milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilish uchun katta imkoniyatdir.

Mazkur yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, balki eksportchi tadbirkorlar, mahalliy hokimliklar va iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Zero, Prezident tomonidan bildirilgan fikr va takliflar mamlakatimiz agrosanoat sohasining yangi bosqichga ko‘tarilishiga turtki beradi.

Binobarin, yig‘ilishda davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligidagi tub muammolarni tizimli tahlil qilib berdi. Xususan, ko‘pchilik fermerlar mahsulotni yetishtirishi bilan cheklanib qolmoqda. Uni qayta ishlash, qadoqlash, standartlashtirish va eksport qilish bo‘yicha infratuzilma va bilim yetishmaydi. Hududlarda sovutgichli omborlar, logistika markazlari, laboratoriyalar va eksport kompaniyalari yetarlicha emas.

Shu bois, har bir hududda agrosanoat kooperativlarini tashkil etish, fermerlar, qayta ishlovchilar va eksportchilar o‘rtasida ustuvor hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

Bunday qo‘shma klasterlar nafaqat mahsulot sifatini oshirish, balki aholini doimiy ish bilan ta’minlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Eksport geografiyasini kengaytirish ham kun tartibida bo‘ldi. Qayd etilganidek, bugungi kunda Xitoy, Hindiston, Pokiston, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarida o‘zbek mahsulotlariga katta talab mavjud. Ammo bunday bozorlarga chiqish uchun sertifikatlash, fitosanitariya, xalqaro standartlar, bojxona logistikasi va “yashil koridor” tizimlarini takomillashtirish zarur.

Shu maqsadda tashqi savdo, investitsiya va transport sohalariga mas’ul organlar, diplomatik korpuslar hamkorlikda ish olib borishi belgilab qo‘yildi.

Mahsulot yetishtirish — bu faqat birinchi qadam. Unga qo‘shimcha qiymat berish, qayta ishlash, standartlashtirish, eksport qilish — ana shu bosqichlar orqali qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning yetaklovchi sohasiga aylanadi.

Yig‘ilishda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar ana shunday manzilli va samarali yondashuvga asoslangan. Endilikda eng asosiysi, belgilangan vazifalarni real natijaga aylantirish, agrosanoat sohasini eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh tarmoqqa aylantirishdir.

Qolaversa, bu O‘zbekiston agrosanoat sektoridagi eksport siyosatini qayta ko‘rib chiqish va uni xalqaro talablarga moslashtirishga qaratilgan muhim strategik harakatdir. O‘zbek meva-sabzavoti — “yashil oltin” sifatida eksportbop salohiyatga ega bo‘lib, buni to‘g‘ri boshqaruv, zamonaviy qayta ishlash va logistika orqali xalqaro bozorda yuksak darajada namoyon etish mumkin.

Prezidentimizning bu yo‘nalishdagi aniq ko‘rsatmalari agrar sohani nafaqat eksportga mo‘ljallangan, balki aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. 

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman
Kengashining "
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari”
bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Jumayev.

Slide 1 of 1