35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
Munosabat

 Markaziy Osiyo mintaqasining Xitoy bilan savdo hajmi jadal sur’atlarda o‘smoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan savdo aylanmasi 95 mlrd dollarga yetdi. Savdo hajmini oshirish bo‘yicha hali ishga solish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar
yetarlicha. 

 BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib mintaqa aholisi 100 milliondan oshadi. Shu bilan birga, u eng yosh mintaqalardan biri bo‘lib qoladi –aholining o‘rtacha yoshi 30 ga yaqin bo‘ladi. Bu raqamlar mintaqaning salohiyatini ko‘rsatish bilan birga hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun munosib shart-sharoit yaratish zarurligini ham bildirmoqda. Aynan joriy yilning 17 iyun kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammit ham ushbu maqsad sari qilingan harakatlardan biridir. 

Hozirda Markaziy Osiyo 10 dan ziyod “Markaziy Osiyo+” formatlari doirasida 40 ga yaqin davlat va ikkita mintaqaviy tashkilot bilan faol hamkorlik qilmoqda.  

Bu formatdagi birinchi sammit 2023 yil 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu sammit Markaziy Osiyo-Xitoy munosabatlarining
yangi davrga kirishini boshlab berdi. Ushbu sammitda Prezidentimiz savdo, investisiya, transport va gumanitar, ekologiya sohalari bo‘yicha konseptual taklif va
tashabbuslarni ilgari surgan edi. Xususan, 6 davlatning milliy rivojlanish strategiyasini bog‘lash, “yangi iqtisodiy muloqot”ni shakllantirish, o‘zaro
bog‘liqlikni kuchaytirish va mintaqa davlatlarining 2030 yilga borib Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 baravar oshirishni taklif qilgan edi. 

2025 yilning 17–18 iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammiti o‘tkazildi. Ushbu xalqaro
anjumanda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin hamda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston
Prezidentlari ishtirok etdilar.

Sammit davomida tomonlar siyosiy, iqtisodiy, transport, ekologik va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokamaqildilar.
Sammit yakunida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, jumladan:
- “Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma”;
-«Ostona deklaratsiyasi»; -
iqtisodiy,
ekologik,
ta’lim va xavfsizlik sohalarida umumiy 58 ta hamkorlik bitimi.
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini boshlash sanasi aniqlanib, mintaqaviy logistika aloqalarini mustahkamlash borasida muhim qadamlar belgilandi. Shuningdek, Xitoy tomoni mintaqadagi davlatlarga umumiy qiymati 1,5 milliard yuan (taxminan 209 mln dollar) miqdorida grant vayordam ajratishinima’lumqildi. Sammit mintaqaviy barqarorlik, o‘zaro ishonch va “Yangi Ipak yo‘li” tashabbusi doirasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida muhim tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi. Kuni kecha Ostonada bo‘lib o‘tgan ikkinchi sammitning asosiy ahamiyati mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashdan iborat bo’ldi 

“Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashinildi. Shu bilan birga sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan ikki tomonlama uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Sammitda Prezident Sh.Mirziyoyev nutq so’zlab, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan,

 - Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasida Uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini ishlab chiqish; 

- "Raqamli Ipak yo‘li" ko‘p tomonlama savdo platformasini tashkil etish; 

- reglament va standartlarni yaqinlashtirish, eksport mahsulotlarini Xitoy talablari asosida sertifikatlash uchun Toshkentda Sanoatda standartlashtirish va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazini tashkil etish; 

- iqtisodiy salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish uchun "Markaziy Osiyo - Xitoy sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish; 

- cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurg‘oqchil va cho‘l hududlarida bioekologik barqarorlikni oshirish bo‘yicha muloqot va sheriklik uchun Ekologik alyansni tuzish; 

- infratuzilmaviy tashabbuslarni ilgari surish uchun "Markaziy Osiyo - Xitoy" taraqqiyot fondini ta’sis etish; 

- katta ma’lumotlar bazalari va protsessing markazlarining O‘zaro integratsiyalashgan banklar tarmog‘ini yaratish; 

- asosiy energetika va transport yo‘nalishlari bo‘ylab "Markaziy Osiyo - Xitoy" optik tolali aloqa liniyasining raqamli
trassasini barpo etish; 

- Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini o‘zida mujassam etgan, tadqiqotchilar, talabalar,
sayyohlar va kreativ industriya vakillarini qamrab olgan "Ipak yo‘li madaniy merosi" yagona raqamli portalini yaratish; 

- Afg‘onistonning tiklanishiga ko‘maklashish va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish bo‘yicha yuqori darajadagi
guruhni ta’sis etishni hamda ushbu guruh uchrashuvini Termiz shahrida Afg‘oniston vakillari ishtirokida o‘tkazish. 

 Mazkur tashabbuslar va hamkorlik hujjatlari kelgusida mintaqaning iqtisodiy, savdo. siyosiy, gumanitar sohalardagi o’zaro aloqalarini rivojlantirishda, mintaqa xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatttt kasb etadi.  

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Nigmatova