Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O'zbekiston tuman Kengashi deputati “Mahalla yettiligi” foiliyatini o’rgandi
янв.21
📣Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining Mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi va Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyalarining yig'lishi bo'lib o'tdi
янв.21
Bayroq – g‘ururimiz, birligimiz ramzi!
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi "10-Karimobod" saylov okrugi deputati M. Sobirov Tuyul mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati  R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
янв.21
Mehr va saxovat – insoniyatning eng go‘zal fazilati
янв.21
“Fidokor mehnat-el faxri”
янв.21
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi 17-Davlatbotir saylov okrugi deputati I.Axmedov hududddagi 34-umumiy o'rta talim maktabining yangi binosini yurulish jarayonlari bilan tanishdii
янв.21
📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 20-O‘qchi saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan O‘zbekiston tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi!
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – JAMOAT BARQARORLIGI VA TARAQQIYOTINING ASOSIY SHARTI

Joriy yil 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan tizimli islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, davlat boshqaruvi samaradorligini izdan chiqaradigan og‘ir ijtimoiy illatdir.  

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijadorligi, davlat va jamiyat barqarorligi, xalq farovonligi aynan korrupsiyaga qarshi kurashish bilan chambarchas bog‘liq. Zero, bu illat nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi kabi tamoyillarga ham jiddiy tahdid solmoqda.

Shaffoflik va jamoatchilik nazorati — asosiy vosita 

Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida eng muhim omillardan biri bu — shaffoflikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. So‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari, yaratilgan institutsional mexanizmlar aynan shu maqsadga xizmat qilmoqda. Jumladan, davlat xaridlari, yer ajratish, ta’lim va moliya tizimlarida raqamlashtirish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar joriy etildi. 

Xususan, yer ajratish endilikda hokim qaroriga asoslanmasdan, elektron auksion tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlarida raqamlashtirilgan tender va tanlov jarayonlari joriy etildi, elektron hukumat xizmatlari esa sezilarli darajada
kengaytirildi. 

Mahalliy darajadagi kurash — dolzarb yo‘nalish 

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari mahalliy darajadagi korrupsiya holatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi aynan tuman va mahalla darajasida, ya’ni maishiy korrupsiya ko‘rinishida sodir etilmoqda. Shu bois, hududiy Kengashlar faoliyati kuchaytirilib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar
ko‘rilmoqda. 

Deputatlar va jamoatchilikning o‘rni 

Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida xalq deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik faolligi muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz har bir fuqaro, xususan, ziyolilar, tadbirkorlar, yoshlar va nuroniylarni jamiyatda adolat va shaffoflikni qaror toptirishda faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Biz, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari sifatida, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida faol ishtirok etishimiz zarur. 

Davlat dasturi – aniq yo‘nalish va chora-tadbirlar majmui 

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 27-noyabr kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mazkur Farmon bilan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati, davlat xaridlari, jamoatchilik nazorati, korrupsiyaviy xavflarni baholash, huquqiy ekspertiza kabi 9 yo‘nalishda 30 ta kompleks chora-tadbir belgilab berilgan. 

Xususan, korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi call-markazlar, xabar beruvchilar huquqlarini himoya qilish tizimi, davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha ochiqlikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish kabi muhim mexanizmlar joriy etilmoqda. 

Xulosa 

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yangicha yondashuv asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mahalliy kengashlar, deputatlar va fuqarolarning barchasi bu jarayonda o‘z o‘rnini aniqlab olib, faol ishtirok etishi muhimdir. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish — nafaqat qonuniy burchimiz, balki jamiyat oldidagi ma’naviy mas’uliyatimiz ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. Har birimiz adolatli, shaffof va farovon jamiyat barpo etish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shsak, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz baxtli hayoti uchun mustahkam zamin yaratiladi. 

Slide 1 of 1