TASHQI REKLAMALAR HOLATI NAZORATDA
🌐 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 18-Bog‘onali saylov okrugi deputati M. Qilchov tomonidan saylov okrugi hududidagi tashqi reklama vositalarining holati o‘rganildi.
👍O‘rganish jarayonida tashqi reklama konstruksiyalarining tashqi ko‘rinishi, joylashuvi, hududning obodonlik holatiga ta’siri hamda belgilangan talablarga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.
👨💼 Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish, hududning me’moriy qiyofasi va obodonligini saqlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.
✅ Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar hududda tartib va obodonlikni ta’minlash, aholi hamda tadbirkorlar manfaatlarini inobatga olishga xizmat qiladi.