Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
🏫 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
📚 Umumta’lim maktablarida kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida!
Adolat MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Adolat MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 17-“Adolat” saylov okrugi deputati D.Mansurxonov nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Adolat mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand fuqarolar bilan tizimli ishlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3