Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi
янв.21
🏫Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat hududlarda o‘tkazgan o‘rganishlari davomida ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar, ularning bandligi va daromadini oshirish masalalari bo‘yicha aholi murojaatlari kelib tushgan. Shu murojaatlarni inobatga olib, Marg‘ilon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari I.Otajonovga so‘rov yo‘llandi.

So‘rovda “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari mezonlar asosida qanday yo‘naltirilgani hamda ulardan foydalanish natijasida kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan.

Maqsad: barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1