Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 21-Angor saylov okrugi deputati G.Baynazarova tomonidan O‘rtovul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati hamda aholini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
❗️Maqsad — aholi farovonligini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va har bir fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!