Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
🏫 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
📚 Umumta’lim maktablarida kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida!
“GULZOR” MAHALLASIDA HUQUQ-TARTIBOT VA PROFILAKTIKA ISHLARI O‘RGANILDI

 “GULZOR” MAHALLASIDA HUQUQ-TARTIBOT VA PROFILAKTIKA ISHLARI O‘RGANILDI

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.

✨ Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalla profilaktika inspektori hamda jamoat tartibini saqlashga mas’ul xodimlar faoliyati, ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati o‘rganildi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 5