Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarning obodonlashtirilishi, tozaligi va yoritilishi holati o‘rganildi.
🏢O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar atrofi, piyodalar yo‘laklari, umumiy foydalanishdagi maydonlarning sanitariya-obodonlashtirish holati hamda hududlarda tungi yoritish tizimlarining mavjudligi va sozligi ko‘zdan kechirildi.
🏣Aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏩Ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarning obodligi, tozaligi va yetarli darajada yoritilishi aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishning muhim omillaridan biridir.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!