Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘rtovul mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy hodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tumandagi 16- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2