Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 25-Mustaqillik saylov okrugi deputati A.Karimov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Mustaqillik MFY hududida joylashgan 55-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash hamda patronaj xizmatlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.
Patronaj xodimlari tomonidan homilador ayollar, yosh bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va surunkali kasallikka chalingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlarga xizmatlar sifatini oshirish, bepul dori-darmonlar ta’minotida shaffoflikni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!