Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Deputat so‘rovlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallalardagi sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
🍞Non mahsulotlarini aholiga yetkazib berish holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-“Bahoriston” saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev "Bahoriston" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, kriminogen holat va profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.

✅Tadbir deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi", O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori talablari doirasida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalardagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 1