Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Deputat so‘rovlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallalardagi sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
🍞Non mahsulotlarini aholiga yetkazib berish holati o‘rganildi
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”

Xabaringiz bor, kecha Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.
E’tiborli jihati, bu yerda gap shunchaki “aholi bilan uchrashish” haqida emas.
Yangi yondashuvda mantiqiy zanjir shunday ko‘rinmoqda:
MAHALLA → MUAMMONI ANIQLASH → KENGASH MUHOKAMASI → MAS’UL TASHKILOT → ANIQ CHORA → NATIJA → NAZORAT.
Mahallada hal etib bo‘lmaydigan masala esa yuqori darajaga — respublikaga olib chiqiladi.
Eng muhim o‘zgarish nimada?
Deputatning ishi muammoni eshitish bilan tugamasligi kerak. Muammo Kengashning nazorat predmetiga aylanishi lozim.
Buning uchun qonunchilikda deputat va Kengash qo‘lida ishlatish mumkin bo‘lgan nazorat mexanizmlari yetarli.
📌 Xulosa:
Kuchli deputat — ko‘p muammoni eshitgan yoki murojaatlarni ko‘p qabul qilgan deputat emas.
Muammolar yechimini nazorat tadbirlariga va Kengash qaroriga aylantira olgan deputat.