Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Deputat so‘rovlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallalardagi sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
🍞Non mahsulotlarini aholiga yetkazib berish holati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_qonun
#doimiy_komissiya

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 1-sonli DMTTda ta’lim sifati va bolalar ovqatlanishi o‘rganildi

✅Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va shinam sharoitlarni barpo etish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida izchil deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.A.Xalmatov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdilar.

✅Tashrif O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan me’yorlar ijrosi doirasida tashkil etildi. Monitoring davomida guruh xonalarining jihozlanishi, metodik mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi, kunlik ovqatlanish ratsionining sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganishlar yakunida bog‘chada ta’lim va tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, taomlar ratsioni xavfsizligini ta’minlash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 1