Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘rtovul mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy hodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman qo‘riqlash bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda hududda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Muhokama davomida aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, mas’ul xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi bilan profilaktik tushuntirish ishlarini izchil olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muhokama yakunida hududda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 2