Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘rtovul mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar va ijtimoiy hodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuqoriovul mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI QARORI

 2026-yil 16-sentabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining VII-26-108-12-0-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Bog‘ot tumanidan jami 638 nafar shaxslarning yer uchastkasiga va mulkiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Kadastr agentligining “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar, vakolatli organlar ma’lumotlari hamda Xorazm viloyati adliya boshqarmasining tegishli xulosalari inobatga olinib, huquqlari e’tirof etilayotgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, ro‘yxatda nazarda tutilgan:
yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalariga — 99 yil;
boshqa yer uchastkalariga — 49 yil muddatga ijara huquqi;
ularda qurilgan bino va inshootlarga esa mulk huquqi e’tirof etiladi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklariga tegishli shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomalarini tuzishni ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan e’tirof etilgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Slide 1 of 19